Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Kiberjinoyatlarga qanchalik tayyorsiz?



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan navbatdagi ma’rifat soati kiberjinoyatchilikning oldini olish va aholining raqamli xavfsizlik bo‘yicha xabardorligini oshirish mavzusiga bag‘ishlandi.

Tadbirda Ichki ishlar boshqarmasi Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirok etib, bugungi kunda internet tarmog‘i va raqamli texnologiyalardan foydalanish jarayonida uchrayotgan xavf-xatarlar haqida atroflicha ma’lumot berdilar.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda hozirgi kunda ommalashib borayotgan kiberjinoyatlarning 62 ta turi kuzatilmoqda. Tadbirga kiberjinoyatchilar tomonidan qo‘llanilayotgan yangi usullar haqida ma’lumot berildi, amaliy misollar asosida turli firibgarlik holatlarining oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Ma’rifat soati savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.