Янгиликлар
12
Kambag‘allikdan farovonlik sari: Nihol mahallasida amaliy ishlar
Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida Guliston shahrining “Nihol” mahallasida amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Tadbir doirasida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Inomjon Qudratov mahallaga tashrif buyurib, dastur ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi hamda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni tahlil qildi.
Shuningdek, ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning turmush darajasi, yashash sharoiti va kundalik hayotida uchrayotgan muammolar o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida ishsiz va daromadsiz fuqarolarni bandlikka jalb etish, tibbiy hamda ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.