Янгиликлар
12
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bobur Nazarov yangi lavozimga tayinlandi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bobur Nazarov O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida mas’uliyatli lavozimga tayinlangani munosabati bilan kuzatish tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Inomjon Qudratov Bobur Nazarovning adliya organlaridagi ko‘p yillik samarali faoliyati, qonun ustuvorligini ta’minlash, aholiga huquqiy va davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish yo‘lidagi hissasi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
So‘zga chiqqanlar Bobur Nazarovning tashabbuskorligi va fidokorona mehnatini yuksak baholab, yangi lavozimdagi mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladilar.