Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

“Soxta axborotlarga qarshi immunitet” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyat Kengashi, Sirdaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi hamda viloyat Adliya boshqarmasi hamkorligida Toshkent harbiy okrugi tasarrufidagi Mirzaobod tumanida joylashgan Safarbarlik chaqiruv rezervi batalyonida “Jasorat maktabi” harbiy-vatanparvarlik o‘quv yig‘inining 2026-yilgi ikkinchi mavsumi ishtirokchilari bilan “Soxta axborotlarga qarshi immunitet” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida axborot makonida uchrayotgan yolg‘on va manipulyativ ma’lumotlarning salbiy oqibatlari, ularni aniqlash usullari, ishtirokchilarga turli axborot manbalaridan foydalanishda tanqidiy va tahliliy yondashuvni shakllantirish, ishonchli manbalarni ajrata bilish hamda soxta axborotlarning jamiyat hayotiga salbiy ta’siri haqida batafsil tushunchalar berildi.

Mazkur uchrashuv yoshlar orasida axborot madaniyatini yuksaltirish, ularning huquqiy bilimlarini mustahkamlash va turli axboriy tahdidlarga nisbatan mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga xizmat qildi.