Янгиликлар
15
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Ish o‘rinlari va daromad: aholi farovonligi uchun nimalar qilindi?” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi
Unda aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish hamda fuqarolar farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Anjumanda mamlakatimizda aholi turmush darajasini yaxshilash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va huquqiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.
Anjuman davomida aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari, huquqiy yordam tizimi, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va rivojlantirish uchun yaratilgan qulayliklar, shuningdek, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash borasidagi yangiliklar haqida ham ma’lumotlar berildi.