Янгиликлар
15
Sirdaryo tumanida Sayyor xizmat
Sirdaryo tumani Davlat xizmatlari markazi hodimlari tomonidan Sirdaryo tumani Doʻstlik buyum bozorida yashirin iqtisodiyotning oldini olish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida bozorda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning faoliyatini qonuniy asosda yuritish, davlat xizmatlaridan samarali foydalanish hamda tadbirkorlik faoliyatini rasmiylashtirish bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tadbir jarayonida joyida sayyor davlat xizmatlari ham ko‘rsatilib, fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — fuqarolar va tadbirkorlarning huquqiy bilimlarini oshirish, yashirin iqtisodiyot holatlarining oldini olish hamda davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishdan iboratdir.