Янгиликлар
17
Hujjatsiz shaxslar masalasi bo‘yicha murojaatlar o‘rganildi
Adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Gulhayo Rasulova va Sirdaryo tumani adliya bo‘limi FHDY bo‘limi xodimlari tomonidan tumanda yashab kelayotgan hujjatsiz shaxslar bilan bog‘liq kelib tushgan murojaatlar belgilangan tartibda o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida, murojaatchilarning holati atroflicha tahlil qilinib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tartibi hamda boshqa huquqiy masalalar yuzasidan amaldagi qonunchilik normalari asosida batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi hamda amaliy yordam ko‘rsatilishi bo‘yicha vazifalar belgilandi.