Янгиликлар
17
Har chorshanba — ahil oila kuni
Guliston shahar FHDY binosida О'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son hamda 2026 -yil 5-yanvardagi PQ-2-son qarorlari bilan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida mahallalarda muammoli oilalar bilan manzilli ishlar tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan Guliston shahrida nizoli va ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan “Har chorshanba — ahil oila kuni” doirasida ajrim muhokamasi tashkil etilib, unda jami 5 ta oila vakillari ishtirok etdi.
Shahar Oila va xotin-qizlar boʻlimi, Guliston shahar FHDY boʻlimi, Nuroniylar kengashi aʼzolari, At-Termiziy jome masjidi imom xatibi, IIB xodimi bilan birgalikda ushbu oilalarga diniy, huquqiy, psixologik va ijtimoiy tushuntirishlar berildi hamda yarashtirish ishlari olib borildi. Natijada 2 ta oilaga o‘zaro kelishuvga erishishlari uchun muhlat berildi va 3 ta oilalar bilan individual ishlash belgilab olindi.
Kelgusida ushbu oilalar bilan profilaktik suhbatlar va tushuntirish ishlari davom ettirilib, oilalarda sog‘lom ma'naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash hamda ajrimlarning oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.