Янгиликлар
18
“Yoshlar kuni” munosabati bilan bo‘lajak huquqshunoslar bilan uchrashuv tashkil etildi
Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Inomjon Kudratov “Yoshlar kuni” munosabati bilan yuridik ixtisoslik bo‘yicha oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalarini tamomlayotgan yoshlar bilan uchrashdi.
Tadbir avvalida adliya boshqarmasining mas’ul xodimlari tomonidan yoshlarga Guliston shahar adliya bo‘limining ish faoliyati va yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.
Shundan so‘ng, “Rahbar va yoshlar” muloqoti davra suhbati shaklida davom etdi. Unda adliya organlarining ish faoliyati, asosiy vazifa va funksiyalari, aholiga ko‘rsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, adliya tizimida o‘z faoliyatini davom ettirish istagida bo‘lgan yoshlarga tavsiya va tushuntirishlar berildi.
Tadbir yoshlarning fikr va takliflarini tinglash hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.