Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Adliya boshqarmasi boshlig‘i Inomjon Kudratov aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi  


Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq, 2026 yilda hududlar mas’ul rahbarlar va muassasalarga nomma-nom biriktirilib, mahallalardagi muammolarni manzilli hal etish mexanizmi joriy qilindi. Shu asosda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Inomjon Kudratov Guliston tumanidagi Mevazor mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida ayollar jinoyatchiligi, nizoli va ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan ishlash va profilaktika ishlarini tizimli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, qonunchilikdagi yangiliklar, firibgarlik, korrupsiya kabi jinoyatlar, ularning salbiy oqibatlari tushuntirildi.
Shundan so‘ng, fuqarolarning murojaatlari tinglanib, huquqiy tushuntirishlar  berildi.