Янгиликлар
22
Tadbirkorlar ishtirokida sayyor uchrashuv o‘tkazildi
Tadbirkorlarning muammolarini o‘rganish hamda yangi qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari K.Xalikov tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Xovos tumani Navro'zobod kichik sanoat zonasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subektlari uchun tadbirkorlarga O‘RQ-1080-son Qonun mazmuni tushuntirildi. Xususan, ushbu hujjat bilan intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblari soddalashtirilgani, ekspertiza muddatlari qisqartirilgani hamda huquqbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirilgani ta’kidlandi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, ularning turlari va huquqiy himoyasi, kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.