Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh maslahatchisi Sardor Xalilov yangi lavozimga tayinlandi


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh maslahatchisi Sardor Xalilov O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining Komplayens nazorat bo‘yicha bosh maslahatchisi lavozimiga tayinlangani munosabati bilan kuzatish tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Inomjon Qudratov Sardor Xalilovning adliya organlaridagi samarali faoliyati va erishgan yutuqlari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

So‘zga chiqqanlar Sardor Xalilovning tashabbuskorligi va fidokorona mehnatini yuksak baholab, yangi lavozimdagi mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladilar.