Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Inomjon Qudratov Oqoltinlik aholi murojaatlarini joyiga chiqib o‘rgandi


Har bir murojaat ortida insonning dardi, umidi va adolatga bo‘lgan ishonchi mujassam. Shu bois murojaatlarga oddiy hujjat sifatida emas, balki bir inson taqdiri sifatida yondashish muhim ahamiyatga ega.

Adliya organlari tomonidan murojaatlar bilan ishlashda ham aynan shu tamoyilga tayaniladi.

Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va ularning muammolarini joyida hal etish maqsadida Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Inomjon Qudratov Oqoltin tumanida bo‘lib, aholi bilan uchrashdi.

Boshqarma boshlig‘i har bir murojaatni atroflicha o‘rganib, ularning yechimi yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berdi.