Янгиликлар
27
#Adliya_tabrigi
Bugungi tezkor axborot zamonida ommaviy axborot vositalarining o‘rni yanada muhimlashmoqda. Chunki ishonchli va xolis axborot insonlarning to‘g‘ri qaror qabul qilishida, jamiyat taraqqiyotida va adolat tamoyillarining qaror topishida muhim omil hisoblanadi.
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni nafaqat soha vakillarining bayrami, balki so‘z erkinligi, ochiqlik va xalq manfaatlariga xizmat qilayotgan fidoyi insonlarga bildirilgan yuksak e’tirofdir.
Qalamingiz o‘tkir, so‘zingiz ta’sirchan, ijodingiz barakali bo‘lsin. Bayramingiz muborak, aziz jurnalistlar, haqiqat izidan yurgan fidoyilar!
Hurmat bilan,
Inomjon Qudratov
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i