Янгиликлар
30
Harbiylar uchun huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi
Shirin shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan Adolat SDP Sirdaro viloyati Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi Shirin shahar bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda hududdagi 49479-raqamli harbiy qism muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan yosh askarlar bilan 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda 2026-yil 7-aprel kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tash nufuzi va jozibadorligini oshirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–134-sonli qarorning mazmun mohiyati yosh askar va harbiylarga tushuntirildi.
Shuningdek, tadbirda yoshlarni qiziqtirgan savollari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.