Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

2-iyul — O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun


O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi, Milliy gvardiya Sirdaryo viloyat bo'yicha boshqarmasi hamda Sirdaryo viloyat Adliya boshqarmasi hamkorligida harbiy xizmatchilar va yoshlar ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida Davlat gerbining yaratilish tarixi, uning mazmun-mohiyati, milliy qadriyatlarimiz va davlatchiligimiz ramzi sifatidagi o‘rni haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Shuningdek, davlat ramzlariga hurmat ruhini yuksaltirish, yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak ma'naviyat va milliy g‘urur ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Bunday ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar yosh avlod qalbida davlat ramzlariga cheksiz hurmat, Vatan taqdiri va ravnaqiga daxldorlik tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

????????Davlat ramzlariga hurmat — Vatanga sadoqat va yuksak fuqarolik mas'uliyatining yorqin ifodasidir!