Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

IT PARKning imkoniyatlari yoshlar nigohida


“Yoshlar kuni” doirasida viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Sirdaryo viloyatidagi IT Parkda yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuv davomida, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Kamoljon Xalikov tomonidan 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan Prezidentimizning yoshlarga yo‘llagan murojaatnomasida keltirilgan taklif va tashabbuslar hamda yoshlarga yaratilayotgan imtiyozlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

 Shuningdek,  yoshlarga IT Park faoliyati haqida ma’lumotlar, start-up loyihalarini amalga oshirish tartibi hamda IT mutaxassislari ishtirokida yangi yaratilgan “Barakami” start-up loyihasining taqdimoti namoyish etildi.

Tadbir yakunida yoshlarning IT yo‘nalishi bo‘yicha qiziqishlari o‘rganilib, ularga keyingi rivojlanish yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar berildi hamda mavjud platformalar (kurslar, loyihalar)ga yo‘naltirishga ko‘maklashildi.