Янгиликлар
04
SAYYOR QABUL - MUAMMOLAR KALITI
Bugun Guliston shahridagi istirohat bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sirdaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov rahbarligida o‘tkazilib, unda viloyatdagi barcha tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Sayyor qabul davomida Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Inomjon Qudratov fuqarolarning oila va nikoh munosabatlari, mulkiy huquqlar, meros, notarial harakatlar hamda boshqa huquqiy masalalar yuzasidan murojaatlarini qabul qildi.
Murojaatchilarga amaldagi qonunchilik talablari asosida batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi, hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar yuklatildi.