Янгиликлар
06
Korrupsiya – taraqqiyotga tahdid
Guliston shahar tibbiyot birlashmasida “Korrupsiya – taraqqiyotga tahdid” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Guliston shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Q.Ahmadjonov va Z.Kazakov ma’ruza qilib, korrupsiyaning jamiyat va davlat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar hamda qonunchilikdagi yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, tadbir davomida tibbiyot sohasiga oid yangiliklar, dori vositalari va tibbiy jihozlar muomalasini tartibga solishga doir huquqiy me’yorlar haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.