Янгиликлар
07
Sardobada sayyor qabullar tashkil etildi
Tadbirning asosiy maqsadi oilaviy munosabatlarda yuzaga kelayotgan nizolarni barvaqt bartaraf etish, nikohdan ajralishlarning oldini olish, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek fuqarolarning huquqiy xabardorligini oshirishdan iborat boʻldi.
Tumanning “Do‘stlik” va “Yangiqishloq” sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari atroflicha oʻrganilib, amaldagi qonunchilik normalari asosida huquqiy tushuntirish va malakali maslahatlar berildi. Olib borilgan profilaktik va tushuntirish ishlari natijasida ajrim yoqasida turgan 3 ta oila yarashtirilib, oilalarni saqlab qolishga erishildi.
Shuningdek, murojaatlarda koʻtarilgan masalalar yuzasidan qonunchilik talablariga muvofiq tegishli tavsiyalar berilib, ayrim murojaatlar ijrosi masʼullar nazoratiga olindi.