Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Harbiy xizmatchilarning huquqiy savodxonligi oshirildi


Shirin shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Respublika ma‘naviyat va madaniyat markazi Shirin shahar bo‘limi va axborot kutubxona markazi xodimlari bilan hamkorlikda hududdagi 49479-harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan yosh askarlar uchun huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tash nufuzi va jozibadorligini oshirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–134-sonli qarori mazmun-mohiyati yosh askarlarga tushuntirildi.

Shuningdek, tadbirda harbiy xizmatchilarning huquqiy bilimi sinovdan o‘tkazilib, faol qatnashganlarga tashakkurnoma va badiiy kitoblar topshirildi.

Tadbirda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.