Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

2 yil kutilgan hujjat


Ba'zan birgina hujjat oddiy qog‘oz emas, balki insonning kelajagi, huquqlari va imkoniyatlari uchun ochiladigan eshik bo‘ladi.

Sayxunobod tumanining "Faravon" mahallasida yashovchi fuqaro N. Mirzayev 2 yil davomida farzandiga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani rasmiylashtira olmasdan kelayotgan edi. Natijada bola davlat tomonidan kafolatlangan qator huquqlardan to‘laqonli foydalanish imkoniyatidan chetda qolib kelgan.

Sayxunobod tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan o‘rganishlar davomida ushbu holat aniqlanib, muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli hujjatlar yig‘ildi hamda masala qonuniy tartibda hal etilishi uchun amaliy yordam ko‘rsatildi.

Bugun esa ushbu oilaning quvonchiga quvonch qo‘shildi. FHDY bo‘limi tomonidan bolaning muddati o‘tgan tug‘ilishi qonuniy qayd etilib, unga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi.

Endilikda bola ta'lim olish, tibbiy xizmatlardan foydalanish va boshqa huquqlarga ega bo'ladi.