Янгиликлар
07
MATBUOT ANJUMANI O'TKAZILDI
Aholi murojaatlarini o‘z vaqtida va qonuniy tartibda ko‘rib chiqish, ularda ko‘tarilgan muammolarga yechim topish masalasi adliya organlari faoliyatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelmoqda.
Bu haqda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Inomjon Qudratov jurnalist va blogerlar ishtirokida tashkil etilgan matbuot anjumanida alohida to‘xtaldi.
Qayd etilganidek, joriy yilning 2-choragi davomida boshqarma tomonidan 1125 ta murojaat ko‘rib chiqilgan. Ulardan 920 tasi qanoatlantirilgan, qolgan 205 ta murojaat esa ish yurituvida bo‘lib, ijrosi alohida nazoratga olingan.
Anjumanida boshqarma rahbari har bir murojaat ortida inson taqdiri, uning huquq va manfaatlari mujassam ekanini alohida ta’kidladi.
Tadbir davomida inson huquqlarini himoya qilish, aholiga huquqiy yordam ko‘rsatish hamda davlat xizmatlari sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi.
Matbuot anjumani ochiq muloqot ruhida o‘tdi.