Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Ishchi guruh Sirdaryo tumanida o‘rganish ishlarini olib bormoqda


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi topshirig‘iga asosan tashkil etilgan ishchi guruh ayni kunlarda Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida faoliyat olib bormoqda.

O‘rganishlar davomida "Dafn etish ishlarini roʻyxatga olish yagona elektron daftari" (dafn.adliya.uz) elektron modulini joriy etishga tayyorgarlik ishlari, mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik, mavjud qabristonlarni xatlovdan o‘tkazish, arxiv hujjatlarini raqamlashtirish hamda elektron tizimga ma’lumotlarni kiritish jarayonlari ko‘zdan kechirilmoqda.

Shuningdek, tuman hokimligi, tibbiyot muassasalari, mahallalar va boshqa mas’ul idoralar ishtirokida amaliy uchrashuvlar o‘tkazilib, elektron modulni samarali joriy etish ishlarini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilmoqda.

Mazkur o‘rganishlar natijalari elektron tizimni yanada takomillashtirish hamda uni respublika bo‘ylab samarali joriy etishga xizmat qiladi.