Янгиликлар
08
Shirinda dafn etish sohasidagi yangi tartiblar tushuntirildi
Shirin shahar adliya bo‘limi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Dafn etish ishlarini tashkil etish va hisobini yuritish tizimini takomillashtirish hamda sohada samarali nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida Shirin shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda mazkur qarorda belgilangan vazifalar, dafn etish ishlarini tartibli tashkil etish, hisobini yuritish tizimini takomillashtirish hamda sohada samarali nazorat mexanizmlarini joriy etish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, qaror ijrosi yuzasidan Birodarlik qabristoni holati va ish yuritish tartibi ko‘zdan kechirildi.