Янгиликлар
08
Fuqarolar murojaati – amaliy yechimlar sari muhim qadam
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu maqsadda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Inomjon Qudratov Sirdaryo tumanida bo‘lib, "Intilish" mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi tomonidan bildirilgan murojaatni joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rgandi.
Murojaatda mahalla yoshlari va aholisining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida sport maydonchasi qurish uchun mahalla hududidan yer maydoni ajratib berish masalasi ko‘tarilgan.
O‘rganish jarayonida mutasaddi tashkilotlar va mahalla vakillari ishtirokida mavjud imkoniyatlar muhokama qilinib, murojaatni qonunchilik talablari asosida hal etish hamda belgilangan tartibda amaliy choralar ko‘rish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.