Янгиликлар
09
Yerga oid huquqlarni qonuniylashtirish yo‘lida
Fuqarolarning yer va mulk huquqlarini ishonchli himoya qilish, ularning huquqiy xabardorligini oshirish hamda amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida Sardoba tuman adliya bo‘limi tomonidan joylarda huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.
Bo‘lim xodimlari tomonidan Quyitosh mahallasida “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati fuqarolarga uyma-uy yurgan holda tushuntirildi.
Shuningdek, qonunda nazarda tutilgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish, huquqlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish hamda yer munosabatlariga oid qonunchilik talablariga qat’iy rioya etishning ahamiyati alohida ta’kidlanib, mavzuga oid targ‘ibot materiallari tarqatildi.