Янгиликлар
09
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Kamoljon Xalikov yangi lavozimga tayinlandi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Kamoljon Xalikov yangi mas’uliyatli lavozimga tayinlangani munosabati bilan kuzatish tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Inomjon Qudratov Kamoljon Xalikovning adliya organlaridagi ko‘p yillik samarali faoliyati, qonun ustuvorligini ta’minlash, aholiga huquqiy va davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish yo‘lidagi hissasi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
So‘zga chiqqanlar Kamoljon Xalikovning tashabbuskorligi va fidokorona mehnatini yuksak baholab, yangi lavozimdagi mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladilar.