Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi Ko'hna Xovos tepaligida


Xovos tumani tabarruk qadamjolari hamda ko'p asrlik tarixi bilan alohida e'tiborni tortadi. Tarixiy manbalarga ko'ra, 2500 yillik tarixga ega ushbu hududda qadimda 28 ta tabarruk qadamjo mavjud bo'lgan bo'lib, bugungi kunga qadar ularning 12 tasi saqlanib qolgan.

Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi doirasida tashkil etilgan navbatdagi tadbir yoshlarni viloyatimizning tarixiy, madaniy va diqqatga sazovor maskanlari bilan yaqindan tanishtirishga bag'ishlandi. Bir kunlik sayohat Ko'hna Xovos tepaligidan boshlandi. Bu yerda yoshlarga Ko'hna Xovosda olib borilgan ilmiy izlanishlar hamda tadqiqotlar natijalari haqida ma'lumot berildi.

Adliya boshqarmasi boshlig'i I.Qudratov yoshlar bilan muloqot qilar ekan, tarixiy maskanlarni ziyorat qilish insonni ezgulikka undaydigan, yurtga sadoqat va ajdodlarga hurmat tuyg'usini mustahkamlaydigan qadriyat ekanini alohida ta'kidladi.