Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Raqamli to‘lov tizimlari targ‘ib qilinmoqda




Guliston tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan Ko‘nchi dehqon bozori hududida savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida zamonaviy to‘lov tizimlarini keng joriy etishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida tadbirkorlar va fuqarolarga naqd pulsiz elektron to‘lovlarni amalga oshirish, QR-kod orqali to‘lovlarni qabul qilish tizimini joriy etishning afzalliklari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, aholiga elektron raqamli imzo kalitlarini rasmiylashtirish va Mobile ID xizmatini ulash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi.