Янгиликлар
10
23 yillik oilaga qonuniy maqom berildi
Oqoltinlik fuqarolar uzoq yillardan buyon davom etib kelayotgan oilaviy munosabatlarini qonuniy rasmiylashtirishda amaliy yordam so‘rab FHDY bo‘limiga murojaat qildilar.
Murojaatni o‘rganish jarayonida fuqaro G.Gavrilov I guruh nogironi ekani, sog‘lig‘i sababli mustaqil harakatlana olmasligi, Y. Ramzislayeva bilan 23 yildan buyon birga yashab kelayotgani hamda ularning 5 nafar farzandi borligi aniqlandi. Oilaning ijtimoiy holati ham belgilangan tartibda o‘rganildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, amaldagi qonunchilik talablari asosida murojaatchilarga zarur huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ularning holati inobatga olinib, barcha zarur hujjatlar yashash xonadoniga chiqqan holda rasmiylashtirildi.
Natijada fuqarolarning murojaati ijobiy hal etilib, 23 yillik shar’iy nikoh qonuniy asosda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.