Янгиликлар
10
Qurilish sohasidagi yangi islohotlar mazmun-mohiyati tushuntirildi
Sirdaryo viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasida sohada faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari va masʼul tashkilotlar vakillari ishtirokida “Qurilish sohasida natijaga asoslangan boshqaruvni joriy etish hamda sohada davlat xizmatlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari Usmon Sayitmuratov va Abdulaziz Jonuzoqov ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Ta’kidlanganidek, Farmon qurilish sohasida ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni qisqartirish, davlat xizmatlarini soddalashtirish, tadbirkorlar uchun qulay sharoit yaratish hamda xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan.
Tadbir davomida farmon mazmun-mohiyati tushuntirilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.