Янгиликлар
10
Adliya aralashuvi bilan homilador ayolning mehnat huquqi tiklandi
Sirdaryo tumani 2-umumta'lim maktabi o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritgan B.Xolmurodova bilan tuzilgan muddatli mehnat shartnomasi uning muddati tugaganligi sababli maktab direktorining tegishli buyrug‘i bilan bekor qilingan.
Biroq xodima homiladorligi haqida maktab ma'muriyatini oldindan og‘zaki ravishda xabardor qilgan hamda homiladorlik holatini tasdiqlovchi tibbiy ma'lumotnomani ham taqdim etgan.
Mehnat kodeksining 408-moddasiga muvofiq, ayolning homiladorligi davrida muddatli mehnat shartnomasining muddati tugagan taqdirda, uning yozma arizasi va homiladorlikni tasdiqlovchi tibbiy ma'lumotnoma taqdim etilgan bo‘lsa, ish beruvchi mehnat shartnomasining amal qilish muddatini homiladorlik tugaguniga qadar, homiladorlik va tug‘ish ta'tili berilgan taqdirda esa mazkur ta'til yakuniga qadar uzaytirishi shart.
Mazkur holat yuzasidan fuqaroning murojaatiga asosan adliya bo‘limi tomonidan o‘rganish o‘tkazilib, maktab ma’muriyatiga qonun buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan taqdimnoma kiritildi.
Natijada Adliya aralashuvi bilan B.Xolmurodova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi qayta tiklandi.