Янгиликлар
10
DIQQAT, SAYYOR QABUL!
Hurmatli fuqarolar!
Sizni Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Inomjon Qudratovning sayyor qabuliga taklif etamiz.
???? Sana: 2026-yil 11-iyul (shanba)
???? Vaqti: soat 10:00
???? Manzil: Guliston shahri, "Bahor" mahallasi
Sayyor qabul davomida fuqarolarning huquqiy masalalar bo‘yicha murojaatlari, adliya organlari faoliyatiga oid taklif va muammolari, davlat xizmatlari hamda boshqa huquqiy masalalar yuzasidan murojaatlari qabul qilinadi.
Agar Sizni qiynayotgan huquqiy masalalar mavjud bo‘lsa, sayyor qabulda ishtirok etib, murojaat qilishingiz mumkin.