Янгиликлар
10
SAYYOR QABULDA BOYOVUTLIKLARNING MUROJAATLARI TINGLANDI
Boyovut tuman Adliya bo'limi tomonidan Paxtakor MFY binosida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning mulkiy huquqlarni ta’minlash, ijtimoiy himoya, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish hamda boshqa huquqiy masalalarga oid 10 ga yaqin murojaati tinglandi.
Har bir murojaat yuzasidan zarur huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi. Joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar esa nazoratga olindi.
Qabul mobaynida aholiga sayyor davlat xizmatlari ham ko'rsatildi.