Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Adliya aralashuvi bilan hamshira ishga tiklandi




Guliston tuman tibbiyot birlashmasi Yulduz OSHP hamshirasi lavozimida faoliyat yuritgan N. X. tuman adliya bo‘limiga murojaat qilib, 2019-yilda homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqqani, 2022-yilda bola parvarishi ta’tilini uzaytirgani, biroq mazkur ta’til muddati yakunlanganidan so‘ng o‘z ish joyiga qayta tiklana olmayotganini bildirib, amaliy yordam so‘radi.

Mazkur murojaat adliya bo‘limi tomonidan o‘rganilib, xodimning mehnat huquqlari bilan bog‘liq holatlar tahlil qilindi va amaldagi mehnat qonunchiligi talablari asosida tegishli choralar ko‘rildi.

Ma’lumki, Mehnat qonunchiligiga ko‘ra, homiladorlik va tug‘ish hamda bola parvarishi ta’tilida bo‘lgan xodimlarning mehnat huquqlari davlat himoyasida bo‘lib, ular ta’til muddati tugagach avvalgi ish joyiga yoki teng sharoitdagi boshqa ishga tiklanishi kafolatlanadi.

Adliya aralashuvi bilan murojaatchining mehnat huquqlari tiklanib, u o‘zining avvalgi ish faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.