Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Yoshlar bilan ochiq muloqot



Haftaning har payshanbasi mamlakatimizda “Yoshlar kuni” sifatida keng nishonlanib, sana doirasida yoshlar bilan ochiq muloqotlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Guliston shahar adliya bo‘limida o‘tkazildi.

Tadbirda shahardagi 5-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirok etib, ular uchun adliya tizimi faoliyati, yoshlarga oid davlat siyosati hamda mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Samimiy va ochiq muloqot ruhida kechgan tadbirda o‘quvchilar adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, FHDYO organlari hamda davlat xizmatlari markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Ayniqsa, tadbirning vatanparvarlik mavzusiga bag‘ishlangan qismi yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Muloqot davomida Vatanga muhabbat, yurt tinchligi va xalq farovonligi yo‘lida xizmat qilish har bir yoshning muqaddas burchi ekani ta’kidlandi.