Янгиликлар
08
Xovos tumanida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi
Xovos tuman adliya bo‘limi boshlig‘i E.Amanbayev tomonidan “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning huquq va majburiyatlari, mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim olish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish hamda bandlikni ta’minlash borasidagi imtiyoz va kafolatlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, tadbirda tazyiq, zo‘ravonlik yoki shafqasizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotlarni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish va namoyish etish qonunchilikka zid ekani, bunday harakatlar uchun ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilanganligi yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv yoshlarning huquqiy ongi va faolligini oshirish, ularni Vatanga sadoqat va qonunga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.