Янгиликлар
08
Yashirin iqtisodiyotning oldini olish maqsadida Guliston dehqon bozorida targ'ibot tadbiri tashkil etildi
Sirdaryo viloyati Adliya boshqarmasi, Guliston shahar hokimligi, Departamentning Guliston shahar bo‘limi, Shahar soliq inspeksiyasi hamda Guliston shahar Davlat xizmatlari markazi hamkorligida o‘tkazilgan mazkur tadbir davomida bozor hududida noqonuniy faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarida ishlayotgan sotuvchilarni yollanma xodim sifatida qonuniy tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida bozor hududining o‘zida sayyor xizmatlar yo‘lga qo‘yilib, barcha zarur hujjatlarni joyida rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi.
Tadbir davomida 61 nafar sotuvchi yollanma xodim sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi, 6 nafar tadbirkorning soliq hisobotlari topshirildi, 11 nafar tadbirkorga tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.