Янгиликлар
08
Adliya faxriylarni e'zozlaydi
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman va shahar adliya bo‘limlari mas’ullari tomonidan tizim ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan, ko‘p yillik fidokorona mehnati bilan yosh avlod uchun ibrat maktabini yaratgan faxriylar holidan xabar olinib, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatildi.
Uchrashuvlar davomida faxriylar bilan samimiy suhbatlar tashkil etilib, ularning mehnat faoliyati, bosib o‘tgan hayot yo‘li va tizim rivojiga qo‘shgan hissasi yodga olindi.
Sana munosabati bilan tashkil etilgan bu kabi tashriflar ustoz va shogird an’analarini mustahkamlash, faxriylarning boy tajribasini yosh avlodga yetkazishga qaratilganligi bilan yanada ahamiyatli bo‘ldi.