Янгиликлар
16
Xovos tumanidagi 12-umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-33-sonli farmoni mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan huquqiy targ'ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
Seminarda respublika ishchi guruhi a’zosi, Adliya vazirligi huzuridagi “Adolat”MHAM bo‘lim boshlig‘i Sevara O‘rinboyeva, adliya boshqarmasi, sud va prokuratura organlari xodimlari, shuningdek, Xovos tuman FHDY bo‘limi hamda Oila va xotin-qizlar bo‘limi mas’ullari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida Prezident farmonining mazmun-mohiyati, uning ahamiyati va hujjatda belgilangan ustuvor vazifalar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Xususan, bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish, erta nikoh muammosining oldini olish, nikoh shartomasini tuzishni rag'batlantirish, zo‘ravonlikka uchragan shaxslarni tezkor himoya qilish mexanizmlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, bolalarni jinsiy ekspluatatsiya va shafqatsiz munosabatlardan asrash, ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishda sud organlarining o‘rni va vazifalariga alohida to'xtalib otildi.
Seminar ochiq va konstruktiv ruhda o‘tdi. Yakunda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.