Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

SIRDARYODA FARMON TARG'IBOTI DAVOM ETMOQDA


Sirdaryo viloyatida Respublika ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 3 martdagi “Ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy choralar to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda. Navbatdagi manzil - Xovos tumanining Xovosobod mahallasi bo‘ldi.

Ushbu mahallada joylashgan oila maskanida tashkil etilgan tadbirda mahalla faollari, otinoyilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida ishchi guruh a’zolari tomonidan Prezidentimizning mazkur farmoni mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.

Ta’kidlanganidek, mazkur farmon xotin-qizlar va bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga nisbatan har qanday tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, shuningdek, bunday holatlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan muhim huquqiy asos hisoblanadi. Ayniqsa, erta nikoh, oilaviy nizolar va ijtimoiy muammolarning oldini olishda uning ahamiyati beqiyos ekani qayd etildi.

Tadbir davomida oila muqaddasligi, sog‘lom muhit yaratish, farzand tarbiyasida ota-ona mas’uliyatini oshirish borasida ham tavsiyalar berildi. Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.