Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

“Alohida toifadagi yoshlar va jinoyatchilikning oldini olish kuni” doirasida Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Zohidov Guliston shahri yoshlari bilan uchrashdi




Norasmiy ruhda tashkil etilgan davra suhbati yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganishdan boshlandi. Muloqot davomida ta’lim, bandlik, oila va nikoh munosabatlari, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish kabi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mazkur sohalarda yoshlarni qiynayotgan huquqiy muammolar tinglanib, ularga atroflicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

Tadbir doirasida adliya mutaxassislari tomonidan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, yoshlarda Lex.uz platformasidan samarali foydalanish ko‘nikmalari shakllantirildi.

Shu bilan birga, davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish burchagi orqali davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish tartibi amaliy jihatdan o‘rgatildi.