Янгиликлар
17
Sirdaryoda “Qonunni bilib katta bo‘lamiz” loyihasiga start berildi
Loyiha doirasida Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan 18-umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ochiq dars tashkil etilib, unda huquqiy tushunchalar sodda, tushunarli va qiziqarli usullarda yetkazildi.
Dars jarayonida bolalarning yoshiga moslashtirilgan hayotiy misollar, rang-barang rasmlar, multifilmlar hamda rivojlantiruvchi o‘yinlardan keng foydalanildi. Bu esa o‘quvchilarning mavzuga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.
Ochiq dars davomida bolajonlarga qonun, tartib-qoidalar, ularning huquq va majburiyatlari haqida dastlabki tushunchalar berildi.
Tadbir yakunida o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan qisqa so‘rov esa dars samaradorligini yanada oshirdi.
Mazkur loyiha yosh avlodning huquqiy madaniyatini shakllantirish, ularni qonunga hurmat ruhida tarbiyalash hamda kelajakda mas’uliyatli fuqaro bo‘lib voyaga yetishlariga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.