Янгиликлар
17
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida “Yoshlar kuni” munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi
Mazkur tadbirda Yangiyer shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Sh. Xolbo‘tayev, Oila va xotin-qizlar bo‘limi vakili Y.Musayeva, Sirdaryo viloyati Adliya boshqarmasi maslahatchisi G.Rasulova, Sirdaryo viloyati Reabilitatsiya markazi rahbari M. Norboyeva hamda Yangiyer shahar oliy sudining tergov sudyasi S. Yo‘ldoshev ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Mutaxassislar tomonidan yoshlar va bolalar huquqlarini himoya qilish, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, erta nikohning salbiy oqibatlari, huquqbuzarliklarning profilaktikasi hamda yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.