Янгиликлар
17
Adliya boshqarmasida shoʻbalar faoliyati bo'yicha joriy yilning I chorakda amalga oshirgan ishlari koʻrib chiqildi
Adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari K.Xalikov tomonidan Intellektual mulk huquqlari himoyasi hamda Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻbalarining joriy yilning I chorakda amalga oshirgan ishlari taqdimoti koʻrib chiqildi.
Tadbirda shoʻba boshliqlari oʻz yoʻnalishlari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, kelgusida rejalashtirilgan loyihalar, samarali tashabbuslar hamda huquqiy targʻibot va xizmat koʻrsatish sifatini oshirishga qaratilgan rejalarni taqdim etdilar.
Adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan shoʻbalar faoliyati samaradorlik koʻrsatkichlarini oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish boʻyicha bir qator topshiriqlar berdi.