Янгиликлар
20
Yangiyerda my.gov.uz portalidan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
Mazkur platforma orqali fuqarolar davlat xizmatlarini ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflamasdan, masofadan turib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi
Yangiyer shahar davlat xizmatlari markazi tomonidan aholiga qulaylik yaratish maqsadida mahallalarda “Raqamli xizmatlar kuni” tadbirlari tashkil etilib, fuqarolarga pasport ma’lumotlarini tekshirish, jarimalarni ko‘rish, ariza yuborish kabi xizmatlardan foydalanish amaliy tarzda o‘rgatildi. Ayniqsa, yoshlar va tadbirkorlar o‘rtasida ushbu portalning imkoniyatlari keng targ‘ib qilindi.