Янгиликлар
20
Shirin shahrida ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi PF-33-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Shirin shahrida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi, adliya, sud, ichki ishlar organlari hamda boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilarga farmonning mazmun-mohiyati, uning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati atroflicha tushuntirildi.
Shuningdek, tadbir davomida ayollar va bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash, xavfsiz va sog‘lom muhit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi. Ayniqsa, erta nikoh, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.