Янгиликлар
21
Sayyor davlat xizmatlari – aholiga qulaylik yaratmoqda
Sardoba tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan tumanning eng olis hududlaridan biri bo‘lgan “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inlarida sayyor davlat xizmatlari tashkil etildi.
Tadbir davomida fuqarolarga elektron raqamli imzo (ERI) olish, bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga joylashtirish, davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish tartibi bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, sayyor xizmatlar asosan kam ta’minlangan oilalar hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ko‘rsatildi.