Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Sirdaryoda "Eng yaxshi huquq o'qituvchisi" tanlovining viloyat bosqichi oʻtkazildi


Unda saralash bosqichlaridan oʻtgan 33 nafar ishtirokchi 3-shart bo‘yicha bahs olib borishdi.  

Birinchi yoʻnalish blits savol-javob shartida eng yuqori balni toʻplagan 20 nafar ishtirokchilar keyingi turga, yaʼni mavzu taqdimoti sharti yuzasidan bellashuvni davom ettirdi. Hakamlar hayʼati tomonidan baho qoʻyish jarayonida mavzuning taqdimot asosida yoritilishi, uning mavzu yuzasidan huquqiy bilimlari darajasi, shu bilan birga oʻqituvchining notiqlik mahorati ham inobatga olindi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, quyidagi o'qituvchilar viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.

1-oʻrinni Yangiyer shahar 10-maktab o‘qituvchisi Jamshid Baratov
2 -o‘rinni Mirzaobod tumanidagi 35-maktab o‘qituvchisi  Jahongir Asqarov
3-o‘rinni Oqoltin tumanidagi 14-maktab o‘qituvchisi O‘rol Egamberdiyev  egalladi.

G‘oliblar diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi.